2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.
Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.
Mamlakatimiz aholisi 2024-yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga koʻpaygan.
Oʻzbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida oʻrtacha 54,5 ming kishiga oshgan.
2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga koʻpaymoqda.