Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Jizzaxda O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kuning 30 yilligi  tantanali, keng ko’lamda bayram qilindi. 

Bayram tantanalarining asosiy tadbiri Yunus Rajabiy nomli viloyat musiqali dramma teatrida davom etdi. Teatrda  xokimliklar, davlat va jamoat tashkilotlari, adabiyot va san’at vakillari, respublikamiz markazdan kelgan taniqli ijodkorlar, san’atkorlar,  yoshlar ishtirokida “Davlat tili to’g’risida” qonun qabul qilinganligining 30 yilligi bag’ishlagan  adabiy, badiiy, musiqali kechada o’tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi Ergash Saliyev yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladi. Viloyat hokimi tabrik  so’zida bundan o’ttiz yil muqaddam  O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinishi  bilan ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo’lganligiga e’tibor qaratdi. “Davlat tili to’g’risida” qonun qabul  qilingan kunga bag’ishlangan bunday adabiy-badiiy  kechalar, ijodiy uchrashuvlar, bayram tadbirlari tadbirlar boshqa tumanlarida ham o’tkazildi.

Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati

 

 

 

Tugmani bosing Tinglash