Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Vatanimiz Mustaqilligining 28 yillik bayrami Jizzax viloyati Do’stlik tumanida yangi uy to’ylariga ulanib ketdi.

Tuman markazida qurib bitkazilgan har biri 24 xonadondan iborat 6 ta to’rt qavatli, har biri 6 sotix hovlili 46 ta bir qavatli uyga jami 190 ta oila ko’chib kirdi.

Do’stlik tumani istiqlol yillarida barcha sohalarda rivojlanishning oydin yo’liga tushib olgan tumanlardan biri. Ayniqsa, viloyatda amalga oshirilayotgan “Ilg’or hudud” davlat dasturi doirasida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirish sohalarida ibratli ishlar qilinmoqda. Erishilayotgan yutuqlar Mustaqillik bayrami kunlarida foydalanishga topshirilgan yangi zamonaviy turar joylar, davlat idoralarining yangi binolari, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish inshootlari timsolida yaqqol namoyon bo’ldi.

Alisher Navoiy nomidagi mahalla hududidagi “Yangi hayot” massivida har biri 24 xonadonli 6 ta to’rt qavatli, ushbu mahallaning “Mingchinor” massivida har biri 3 xonali 2 sotix hovlili 46 ta bir qavatli uy bitkazilishi bilan Do’stlik shaharchasi yanada obod va ko’rkam qiyofaga kirdi. Tumanda Vatanimiz Mustaqilligi bayramining eng katta tantanalari ham ana shu ikki yangi turar joy massivida bo’ldi.

Yangi uylar birinchi navbatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga ajratildi.

Shuningdek, bir qavatli 46 uyning 6 tasi og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj ayollarga berilib, boshlang’ich to’lovi Xotin-qizlarni va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’lari hisobidan to’landi.

Yana bir qulaylik yangi uyga ko’chib kirgan kam ta’minlangan xotin-qizlarga tikuv mashinalari berilib, tumandagi yirik korxonalarga kasanachilik asosida ishga joylashtirildi. Bu bilan ularga doimiy daromad manbai, uyining ipoteka kreditini to’lash imkoniyati yaratib berildi.

Bayram kunlari tumanning Bog’zor qishlog’idagi ko’p yillardan beri nochor holga kelib qolgan 10-sonli “Tabassum” maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstuksiyadan so’ng foydalanishga topshirilishi ham tantanali o’tdi. Inshootning to’liq yangilanib, 100 o’rinli zamonaviy muassasaga aylantirganidan qishloq ahlini behad mamnun etdi.

Shuningdek, istiqlol bayrami kunlarida tumanda Davlat xizmatlari markazi, bir qator tijorat banklari tuman bo’limlarining, tuman davlat soliq inspeksiyasining yangi binolari foydalanishga topshirildi.

– Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli faqat shaharlar emas, qishloq hududlari obod bo’lib, ulkan o’zgarish yuz bermoqda, – deydi xalq deputatlari tuman kengashi deputati, mehnat faxriysi Do’stmurod Qodirqulov. – Buni tumanimizning kun sayin obod va ko’rkam bo’lib, aholining turmush farovonligi oshib borayotganida ko’rib turibmiz. Axir bir yilda ikki yuzdan ziyod oilani uy bilan ta’minlash, xalqimizga xizmat qiladigan o’nlab ijtimoiy inshootlarni qurib ishga tushirish qaysi davrda bo’lgan? Bu kunlarga yetganimizdan quvonmay bo’ladimi. Xalqimiz istiqlol bayramini har qachongidan-da yuksak ko’tarinkilik, katta xursandchilik bilan nishonlayotgani boisi ham shunda.

Odamlar qalbini faxr va g’ururga to’ldiruvchi, hayotdan rozi qiluvchi bunday obodlik, bunyodkorlik, yangilanish faqat ushbu tumanga emas, viloyatning barcha hududi uchun asosiy belgiga aylanib qoldi. Keyingi yillarida bunyod etilgan, qaytadan qurilgan maktab, maktabgacha ta’lim, tibbiyot muassasalari, sport inshootlari, obod va ravon yo’llar hudud qiyofasini tubdan o’zgartirmoqda. Eng muhimi bu o’zgarishlar bugungi kunidan mamnun yashayotgan, ertangi kuniga katta ishonch bilan qarshilayotgan odamlar kayfiyatida aks etayotir.

Viloyat xokimligi axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash