Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Jizzax shahrida Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi hamda “BEST” o’quv markazi bilan hamkorligida tashkil etilgan Innovatsion markazining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi agentligi direktorining o’rinbosari Davron Maqsudov, MUIM, “BEST” o’quv markazi vakillari, blogerlar, jurnalistlar va markaz talabalari qatnashishdi.

Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, Davron Maqsudov Innovatsiya markazi talabalar individualligini rivojlantirish g’oyasini amalga oshiradigan va shu bilan birga, erta profilga yo’naltirilgan universal ta’lim jarayoni ko’magida IT sohasida yoshlarga sifatli ta’lim berishni maqsad qilganligini ta’kidlab o’tdi. Ushbu maqsadga erishishda markazning eng zamonaviy texnologiyalardan foydalaniluvchi noyob jihozlari va yuqori malakali o’qituvchilar tarkibi ko’mak beradi.

Loyihada IT, chet tillari, aqliy arifmetika va boshqa ko’plab sohalarda o’quv kurslari mavjud. Shuningdek, robotexnika va shaxmat bo’yicha yoshlar klubining tashkil etilishi e’lon qilindi. Innovatsion markaz yiliga 1200 nafar mutaxassis yetishtirishni rejalashtirgan.

Mirzo Ulug’bek Innovatsiya markazi tashabbusi bilan olimpiada g’oliblari, nogironlar, ota yoki onasidan ayrilgan va kam ta’minlangan oilalar farzandlarining 30 foizi MUIM tavsiyasiga ko’ra bepul tahsil oladi.

Viloyat xokimligi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash