Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Ushbu bog’ning qayta barpo etilishi nafaqat obodonlashtirishda, balki xalqimizning tarixiy qadriyatlarini tiklashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bog’ barpo etilayotgan O’rda qo’rg’oni hududi Jizzax shahrining qadimgi tarixi, xalqimizning milliy ozodlik harakatlari, o’tgan asrning boshida bo’lib o’tgan Jizzax qo’zg’aloni bilan bevosita bog’liq.

— Bog’ni yangidan qurishda Prezidentimizning yoshlarga oid beshta muhim tashabbusiga doir loyihalarni amalga oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda, — deydi Jizzax shahar hokimining o’rinbosari Suyun Silliyev. — Hozirda bog’da vatanparvarlikka, sportga doir joylar, kutubxonalar, internet kafelar, ma’naviy-ma’rifiy maskanlar barpo etilayapti. Yaqin kunlarda O’rda bog’i shahrimizning yirik dam olish maskanlaridan biri bo’lishi bilan birga yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan obod manzilga aylanadi.

Shu maqsadda bog’ning asosiy darvozasidan kirishda bolalar uchun ikkita zamonaviy attraksion, yoshlar kovorking markazi barpo etiladi. Bog’da ikkita kutubxona, jumladan, bitta mutolaa markazi bunyod etilayapti. Bolalar va yoshlar uchun 2 ta sun’iy qoplamali sport maydoni, 2 ta suv havzasi, aylanma velosport yo’lagi, karting yo’li barpo etilmoqda. Hozirda bog’ zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rekonstruksiya qilinishi bilan birga hududning tarixiy inshootlarini, ekologik xilma-xilligini saqlab qolish uchun 24 xil mevali va manzarali 1 ming 800 tup daraxt, "Bobo yakka" tarixiy obidasining muhofazasi ta’minlanadi. Qurilayotgan inshootlarning asosiy qismi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bog’ni mamlakatimiz Mustaqilligining 28 yillik to’yiga to’yona sifatida xalqimizga tortiq etish uchun qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash