Welcome to Statistika boshqarmasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika boshqarmasi Powered By GSpeech

Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida


Insoniyat tarixida oltmish milliondan ziyod odamlarning yostig’ini quritgan Ikkinchi jahon o’rishida O’zbekistondan bir yarim milliondan ziyod ota-bobolarimiz uzoq sovuq o’lkalarda Vatan ozodligi uchun jang qilishdi.

Ularning safida 39620 nafar Jizzaxning mard o’g’lonlari yelkama-yelka turib qonli  janglarda fashizm ustidan g’alabaga o’z hissalarini qushishdi.

Bugun viloyatimizda qirq mingga yaqin ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan 35 nafari va 942 nafar urush orti mehnat faxriylari el-yurt ardog’ida istiqomat qilmoqdalar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilning 23 aprelida “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi Farmoni asosida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 74 yilligi munosabati bilan hozirda  viloyatimizda  umurguzaronlik  qilayotgan 35 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tantanali tarzda Yurtboshimizni tabriklari, bir martalik yetti million besh yuzming so’m miqdoridagi pul mukofoti hamda qimmatbaho  esdalik  sovg’alari  topshirilmoqda.

Arnasoy tumanida bugungi kunda Ikkinchi jahon o’rishida ishtirok etgan faxriylardan bir nafari 1924 yilda tug’ilgan Rizayev Hamroqul bobo umurguzaronlik  qilmoqda.

Hamroqul boboga Prezidentmizning tabrigi hamda esdalik sovg’alarini  Jizzax viloyat hokimining jamovt va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari E.Ismatov topshirdi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash